Узбек O'zbek
Neymar bilan uning kelajagi haqida uyushtirilgan intervyu videosi o‘g‘irlab ketildi
Seshanba, 16 Iyul
3332

Braziliya televideniyesidagi «Aqui na Band» dasturi jurnalistlari «PSJ» hujumchisi Neymardan eksklyuziv intervyu olib, so‘ng suhbat videosini topa olmay qolishdi.

UOL Esporte`ning xabar berishicha, muxbirlar yulduz futbolchi bilan San-Paulu shtatidagi Praya-Grandi tumanida suhbat uyushtirishgan, intervyu davomida Neymarga «uning uchun achchiq mavzularda» savollar berishgan.

Suhbat payshanba kuni bo‘lib o‘tgan, yakshanbada esa intervyu muallifi Joao Paulo Pergeyro Neymar ishtirokidagi tadbirda qatnashgan, mashinasiga qaytganida esa orqa bagaj qulfi buzib ochilganini ko‘rgan.

Bagajni ochgan Pergeyro videomaterial yozilgan fleshkani topa olmagan.

Xabarda aytilishicha, Neymar bu intervyuda karerasidagi kelajagi borasida muhim gaplarni aytgan, suhbat dushanba kuni efirga uzatilishi rejalashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi seshanbada «PSJ» bazasiga qaytib keldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz