Узбек O'zbek
Mourino nemis tilini o‘rganishga kirishdi
Dushanba, 15 Iyul
1482

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino nemis tilini o‘rganayotganini tan oldi. Portugaliyalik mutaxassis buni kelgusi ishi bilan bog‘lamagan.

«Men hozir nemis tilini o‘rganyapman. Bundesliga? Men bu tilni bilmaganim uchungina o‘rganyapman. Men inglizchada, ispanchada, portugalchada, fransuzchada va italyanchada gapira olaman. Shu bilan birga hech bir variantni istisno qilmayman, jumladan Germaniyani ham», — deya Mourinoning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.

Bundan avvalroq Mourino Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubidan kelgan 100 million yevrolik taklifni rad qilgani haqida xabar berilgandi.

Joze 2018 yilning dekabrida «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi. U turli yillarda «Chelsi», «Real», «Inter», «Portu», «Unian Leyriya» va «Benfika» kabi klublarda ishlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz