Узбек O'zbek
Zidan «Real» qarorgohini tark etdi
Juma, 12 Iyul
10390

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubning Monrealdagi qarorgohini tark etdi.

Klub rasmiy saytiga ko‘ra, 47 yoshli mutaxassis shaxsiy sabablar tufayli shunday yo‘l tutishiga to‘g‘ri kelgan.

Zidanning yo‘qligida mashg‘ulotlar jarayonini uning yordamchisi David Bettoni boshqarib turadi.

«Qaymoqranglilar» 18 iyulgacha Kanadada bo‘lib, so‘ng Xalqaro Chempionlar kubogida qatnashish uchun AQSHga yo‘l oladi. Zidan 20 iyul kunigacha yig‘inga qaytishi kutilmoqda. Shu kuni «qirollik klubi» Texas shtatida «Bavariya»ga qarshi maydonga tushadi. Oy oxirigacha esa «Arsenal» va «Atletiko» bilan o‘yinlar ham kutmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz