Узбек O'zbek
O‘FA: «Milliy» stadion maydoni hamon talab darajasida emas (foto)
Juma, 12 Iyul
2988

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati «Milliy» stadioni chimi holatini ko‘zdan kechirish, mavjud muammo va kamchiliklar nimalardan iborat ekanini bilish maqsadida 11 iyul kuni arenada bo‘ldi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tashkilot vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va boshqa mutasaddilar chimni yangilash bilan shug‘ullanayotgan Turkiyaning «Iren» kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan.

«Uchrashuv chog‘ida Ravshan Ermatov stadion maysasi yangilangan bo‘lsa-da nima uchun hamon yaxshi holatga kelmayotgani va mazkur muammoni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rilishi lozim ekani borasida turk mutaxassislari fikri bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida chimni bizning iqlimimizga to‘liq moslashishi hamda xalqaro standartlarga doimiy tarzda javob beradigan bo‘lishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning bosh arenasi chimi muammosi yuzasidan Tribuna.uz o‘tgan oyda «Iren» kompaniyasi vakili Tayfun Tunguz bilan suhbatlashgan, suhbatda turk kompaniyasining mas’ul mutaxassisi yana 1 – 1,5 oylardan keyin maydon chimi ideal holatga kelishi va unda maysa o‘pirishlari kuzatilmasligini aytgan edi.

«Milliy» stadionining yangilangan chimi nega ko‘chib ketmoqda?

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz