Узбек O'zbek
«Barselona» Grizmann uchun 120 million yevro o‘tkazib bergani tasdiqlanmadi
Juma, 12 Iyul
2565

«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanni transfer qilish ustida ish olib boroqda. 

Shu bilan birgalikda, «Barsa»dagilar fransuz futbolchisining madridliklar klubi bilan shartnomasida ko‘rsatilgan 120 million yevrolik badal puli to‘lab berilgani haqidagi xabarni rad etishdi.

Sport.es xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar hali ham ushbu futbolchini qo‘lga kiritish rejasidan voz kechgani yo‘q va bu bo‘yicha muzokaralar yaqin vaqt ichida yakunlanishi kutilmoqda. 

Bundan avvalroq L'Equipe nashri «Barselona» «Atletiko»ga Grizmann uchun so‘ralgan pulni - 120 million yevroni o‘tkazib bergani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Antuan ko‘k-anorranglilar bilan 5 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda — 2024 yilning 30 iyuniga qadar. 

Grizmann may oyidayoq «Atletiko»dan ketishini e’lon qilgandi. «Barselona» prezidenti Xosep Marii Bartomeuning bu transfer bo‘yicha bayonotidan keyin madridliklar kataloniyaliklar rahbariyatini va futbolchini hurmatsizlikda ayblab chiqqandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz