Узбек O'zbek
«Yuventus» de Ligt bo‘yicha taklifi miqdorini oshirdi
Payshanba, 11 Iyul
4098

«Yuventus» «Ayaks»dan himoyachi Matteys de Ligtni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

De Telegraaf`ning xabar berishicha, «byankoneri» 19 yoshli futbolchi uchun taklif qiymatini oshirib, 67 mln yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Qayd etilishicha, «Yuventus»dagilar transferni tezroq amalga oshirishga shoshilishmoqda. De Ligt 13 iyul, shanba kuniyoq «Yuve» futbolchisi sifatida tanishtirilishi ham mumkin.

Avvalroq Italiya chempioni Matteys uchun 50 mln yevro va qo‘shimcha 20 mln yevro bonus to‘lashga tayyorligi, ammo «Ayaks» 75 mln yevro so‘rayotgani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz