Узбек O'zbek
Rustam Shoabdurahmonov Moskvada Rossiya sporti rahbarlari bilan uchrashdi
Payshanba, 11 Iyul
756

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov xizmat safari bilan Moskvada bo‘ldi.

Qo‘mita axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, MOQ rahbari safar davomida Rossiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov va Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan uchrashgan.

Uchrashuvlar davomida bir qator sport turlari bo‘yicha qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, birgalikda sport tadbirlarini tashkil qilish, sport tibbiyoti, farmakologiya masalalarida hamkorlik qilishga kelishib olingan.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoalarining Sochi va Kislovodskdagi sport bazalarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, sport universitetlaridagi professor o‘qituvchilarning malaka oshirishi borasida ham kelishuvlarga erishilgan.

Tashrif davomida Shoabdurahmonovga MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov hamrohlik qilgan va u Rossiyadagi sport tibbiyoti sohasi mutaxassislari bilan tajriba almashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz