Узбек O'zbek
«MYU» Milinkovich-Savich bo‘yicha 80 mln yevrolik taklif yubordi
Payshanba, 11 Iyul
2475

«Latsio» yarimhimoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi Sky Sports.

«Qizil iblislar» 24 yoshli futbolchini ancha vaqtdan buyon kuzatib kelayotgandi. Transfer yuzasidan muzokaralar boshlanib bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «MYU» 72 mln funt (80 mln yevro atrofida) to‘lashga tayyorligini bildirgan, ammo taklif rad etilishi ehtimoli yuqori. Boisi «Latsio» prezidenti Klaudio Lotito serbiyalik xavbek uchun 90 mln funt (100 mln yevro atrofida) narx belgilagan.

Avvalroq Milinkovich-Savichga «PSJ» ham qiziqish bildirgan, ammo so‘ralayotgan mablag‘ parijliklarga qimmatlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Sergey 2018/19 mavsumida Rim klubining 41ta o‘yinida maydonga tushib, 10ta golda (7+3) bevosita qatnashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz