Узбек O'zbek
Lukaku «Manchester Yunayted» yig‘inida qatnashmayapti
Payshanba, 11 Iyul
2157

«Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukaku klubni tark etishi mumkin.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, belgiyalik to‘purar jamoaning Avstraliyadagi yig‘inida ishtirok etmayapti va «Inter» bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Italiyaliklar 26 yoshli Lukaku uchun 70 million yevro berishga tayyor, ammo faqat uch qismga bo‘lgan holda. «Manchester Yunayted» esa bunga rozi emas va to‘lovning to‘liq o‘tkazilishini istayapti.

O‘tgan mavsumda Lukaku «Manchester Yunayted» tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz