Узбек O'zbek
«Liverpul» Origi bilan shartnomani yangiladi
Payshanba, 11 Iyul
1280

Belgiyalik hujumchi Divok Origi «Liverpul» bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzdi.

Tomonlarning amaldagi bitimi muddati tugashiga bir yil qolayotgandi.

«Qizillar» 24 yoshli futbolchini besh yil oldin «Lill»dan sotib olishgandi. Bir yil Lillda ijara asosida o‘ynaganidan so‘ng Liverpulga ko‘chib kelgan Origi o‘tgan vaqt davomida jamoaning 98ta o‘yinida maydonga tushib, 28ta gol urdi. U, shuningdek, 2017/18 mavsumini «Volfsburg»da ijara asosida o‘tkazgandi.

Divok o‘tgan mavsumda mersisaydliklarning 22ta o‘yinida qatnashib, 8ta gol va 2ta golli uzatmaga muallif bo‘lgan; jumladan YeCHL finalida «Tottenhem» darvozasini ishg‘ol etgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz