Узбек O'zbek
Hindistonlik Sunil Chhetri Messidan o‘zib ketdi
Payshanba, 11 Iyul
11089

Hindiston milliy jamoasi hujumchisi Sunil Chhetri xalqaro turnir doirasidagi Tojikistonga (2:4) qarshi o‘yinda 2ta gol urdi.

Natijada 34 yoshli futbolchi milliy jamoada urilgan gollar soni bo‘yicha argentinalik hujumchi Lionel Messidan o‘zib ketdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha faoliyatini davom ettirayotgan o‘yinchilar orasida 2-o‘ringa chiqib oldi.

Ayni paytda Chhetri 109ta o‘yinda 70ta gol urgan. Messi hisobida 136ta o‘yinda urilgan 68ta gol bor.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 158ta o‘yinda urilgan 88ta gol bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz