Узбек O'zbek
FIFA irqchilik uchun beriladigan jazo choralarini kuchaytirdi
Payshanba, 11 Iyul
1021

FIFA intizom kodeksiga o‘zgartirish kiritdi. 

Sky Sports xabariga ko‘ra, irqchilik bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralari kuchaytirilgan. 

Endi bu qoidani buzgan futbolchilar va rasmiylar oldingidek 5ta emas, balki 10ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. O‘zgarishlar keyingi haftadan kuchga kiradi.

Shuningdek, muxlislar tomonidan futbolchilarni irqiy kamsitish holatlari uchun belgilangan jazo choralari ham o‘zgartirildi. Bu boradagi ilk qoidabuzarlik 20 ming frank jarima va tribunalarning qisman yopilishi bilan jazolanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz