Узбек O'zbek
De Yong: «Avval «Arsenal»da o‘ynab, keyin «Barselona»ga o‘tishni reja qilgandim»
Payshanba, 11 Iyul
3403

«Barselona»ning yangi yarimhimoyachisi Frenki de Yong avvaliga «Arsenal»ga o‘tishni istagan. Bu haqda u Voetbal International`ga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

«Rostini aytsam, dastlab Overmarsning izidan borishni – avvaliga «Ayaks»dan «Arsenal»ga, undan keyin «Barselona»ga o‘tishni rejalashtirgandim. Ammo darhol Kataloniyaga ko‘chib o‘tish imkoniyati tug‘ilgani bois hozir o‘zim xohlagan joydaman. Bu orzumdagidan ham tez bo‘lib ketdi.

«Barselona» necha yillardan buyon o‘ynab kelayotgan futbol, bu yerda o‘ynagan va o‘ynayotgan futbolchilar... Xavi, Inesta, Buskets... O‘sha yarimhimoya chizig‘ining o‘yinlarini kuzatganman.

Qolaversa, Lionel Messi ham bor – mening kumirim, jahondagi eng yaxshi futbolchi u.

«Kamp Nou» stadioni... Bularning barchasini hisobga olganda, nega ko‘p yoshlar sevimli klublari sifatida «Barselona» yoki «Real»ni tanlashlarini tushunish qiyin emas.

Shu jumladan men ham. Ammo o‘z vaqtida «Arsenal» ham menga juda jozibali klub bo‘lib ko‘ringan», – dedi de Yong.

Eslatib o‘tamiz, Frenki o‘tgan hafta «Kamp Nou»ga yig‘ilgan 20 ming muxlis qarshisida jamoaning yangi a’zosi sifatida tanishtirilgan edi.

Uning transfer qiymati 75 million yevroni tashkil qilgan. Yana 11 million yevro bonuslar ko‘rinishida beriladigan bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz