Узбек O'zbek
De Laurentis: «Xames «Napoli»ga kelmoqchi, lekin «Real» juda qimmat narx belgilagan»
Payshanba, 11 Iyul
3054

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis «Real»dan Xames Rodriges transferi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Xames – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan keyin OAVda eng ko‘p tilga olinadigan futbolchi.

Karlo Anchelotti uni rostan ham yaxshi ko‘radi, uning o‘zi ham «Napoli»da o‘ynashni istayapti. Lekin «Real» juda katta pul so‘rayapti», – dedi «Napoli» rahbari Corriere dello Sport`ga bergan intervyusida.

OAVga ko‘ra, Madrid jamoasi kolumbiyalik xavbek uchun 40 mln yevro so‘ramoqda, Neapol klubi esa uni dastlab ijaraga olib, keyingi yil yozda to‘la xarid qilishni istayapti.

De Laurentis o‘z intervyusida, shuningdek, «Inter»dan Mauro Ikardi sotib olinishi ehtimolini rad etgan, «Valensiya» yarimhimoyachisi Rodrigo esa Ispaniyadan ketgisi kelmayotganini aytgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz