Узбек O'zbek
Bahodir Nasimov «Navbahor»dan ketdi, uning o‘rniga «Surxon»dan hujumchi kelmoqda
Payshanba, 11 Iyul
2547

Namanganning «Navbahor» klubi hujumchi Bahodir Nasimov bilan xayrlashdi. Bu haqda klub rasmiy telegram kanalida ma’lum qilindi. O‘tgan mavsumni Janubiy Koreya quyi divizionida o‘tkazgan Nasimov mavsum boshida Namangan klubiga kelib qo‘shilgandi.

Chempionat o‘yinlarida birorta gol ura olmagan Nasimov shu tariqa jamoani tark etdi. U faoliyatini qayerda davom ettirishi aniq emas.

«Navbahor» esa hujum chizig‘iga «Surxon» futbolchisi Sherzod Hakimovni olib kelishga yaqin turibdi. Termizda mazmunli o‘yin ko‘rsatayotgan Hakimov «Navbahor»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz