Узбек O'zbek
«Atletiko» 6-transferini e’lon qildi
Payshanba, 11 Iyul
7375

«Benfika» hujumchisi Ivan Shaponich «Atletiko»ga o‘tdi.

21 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, 3 yillik shartnomani imzoladi. U «matraschilar»ning Los-Anjelesdagi yig‘iniga borib qo‘shildi.

Shaponich Serbiya yoshlar jamoasining a’zosi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u «Benfika» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan.

Shaponich «Atletiko»ning yozdagi oltinchi xaridiga aylandi. Avvalroq madridliklar Markos Lorente, Ektor Errera, Felipe, Juan Felish va Lodi transferini amalga oshirgan edilar.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz