Узбек O'zbek
Afrika millatlari kubogi. Yarim finalning ikki ishtirokchisi ma’lum
Payshanba, 11 Iyul
3413

Nigeriya milliy jamoasi Afrika millatlari kubogida Janubiy Afrika Respublikasi termasini yengib, yarim finalga chiqdi.

Qohiradagi bahsning 89-daqiqasiga qadar hisob 1:1 bo‘lib turdi, qo‘shimcha bo‘limlar kutilayotgan vaqtda himoyachi Uilyam Trost-Ekong tomonidan urilgan gol nigeriyaliklarni final ostonasiga olib keldi.

Bu bahsdan oldinroq Senegal Beninni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqqandi. Keyingi bosqichning yana ikki ishtirokchisi bugun oqshomda ma’lum bo‘ladi.

Afrika millatlari kubogi
Chorak final, 10 iyul
Nigeriya – JAR 2:1 (1:0)
Gollar: Chukvueze (27), Trost-Ekong (89) – Zungu (71)

Senegal – Benin 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 69 Guye. 

11 iyul
21:00. Kot D’Ivuar – Jazoir (juftlik g‘olibining keyingi raqibi - Nigeriya)
23:59. Madagaskar – Tunis (juftlik g‘olibining keyingi raqibi - Senegal)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz