Узбек O'zbek
«Real» Eder Militanoni tanishtirdi
Chorshanba, 10 Iyul
6898

«Real» «Santyago Bernabeu»da yangi himoyachisi Eder Militaoni jamoatchilikka tanishtirdi.

21 yoshli braziliyalik futbolchi Madrid grandi bilan 6 yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi. U «Portu»dan 50 mln yevroga sotib olingandi.

«Jahonning eng yaxshi klubiga kelganimdan juda xursandman. Bu yerga kelishimda oilamning hissasi katta. Prezidentga ham menga ishonch bildirgani uchun rahmat aytaman.

Muxlislarni ishontirib aytamanki, men «Real»da tarix yaratish uchun maydonda borimni beraman», – degan Militaoning so‘zlarini keltirdi Marca.

«Real» prezidenti Florentino Peres o‘z so‘zida Ederni jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb atadi.

«G‘alaba qozonish bu klubning qonida bor. Bu yerda hech kim taslim bo‘lmaydi. Bugun biz uchun muhim kun, boisi jahonning eng yaxshi himoyachilaridan birini qarshilayapmiz.

U bor-yo‘g‘i 21 yoshda. Yevropa futboliga tezda moslashib ketib, besh oy mobaynida «Portu» safida portugal futbolidagi eng yaxshi himoya chiziqlaridan birining bir qismi bo‘lib keldi.

Eder, sen – «Real» futbolchisisan. Bu – sening uying va hech qachon unutmaki, «Real»ning qadriyatlari doim sen bilan bo‘ladi», – dedi Peres.

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz