Узбек O'zbek
Xabi Alonso basklar yurtiga bosh murabbiy sifatida qaytdi
Chorshanba, 10 Iyul
3734

Ispaniya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Xabi Alonso «Real Sosedad B» jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

37 yoshli mutaxassis endilikda o‘zi tarbiya topgan klub yoshlar jamoasiga ustozlik qiladi. U «Real Sosedad»ning asosiy jamoasida 2000-2004 yillarda o‘ynagan, klubning YeCHLga chiqishiga hissa qo‘shgan. Shundan so‘ng Xabi «Liverpul», «Real» va «Bavariya» klublarida faoliyatini davom ettirgandi.

2018 yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan Alonso o‘tgan mavsumda «Real»ning yoshlar jamoasini shug‘ullantirgan edi.

Qayd etish joiz, Pep Gvardiola, Joze Mourino, Karlo Anchelotti, Rafael Benites va Visente del Boske kabi nomdor mutaxassislar ham bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini aynan «Real Sosedad»ning yoshlar jamoasida boshlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz