Узбек O'zbek
Braziliya milliy jamoasining besh futbolchisi Kopa Amerika ramziy termasiga kiritildi
Chorshanba, 10 Iyul
1378

Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi – KONMEBOL o‘tgan hafta Braziliyada yakunlangan Amerika Kubogining ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Tarkibdan chempion Braziliyaning besh futbolchisi, finalchi Peruning ikki a’zosi o‘rin olgan. Shuningdek, Urugvay, Argentina, Chili va Kolumbiyadan bir nafardan futbolchi o‘z pozitsiyasida eng yaxshi deb topilgan.

Kopa Amerika – 2019 ramziy termasi: Alison, Dani Alves, Tiago Silva (barchasi – Braziliya), Xose Ximenes (Urugvay), Migel Trauko (Peru), Leandro Paredes (Argentina), Arturo Vidal (Chili), Artur (Braziliya), Xames Rodriges (Kolumbiya), Paolo Gerrero (Peru), Everton (Braziliya).

Kopa Amerikadan so‘ng: Eng muhim 8ta savolga javob
Kopa Amerikada individual sovrinlarning barchasi Braziliya vakillariga berildi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz