Узбек O'zbek
UEFA: Argentina Millatlar ligasiga taklif etilmagan
Dushanba, 08 Iyul
2267

UEFA Argentina milliy jamoasi Kopa Amerikadagi mojarolardan so‘ng Yevropa millatlar ligasida qatnashish uchun taklif olgani haqidagi xabarlarga raddiya berdi.

«Argentina UEFA bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarga taklif etilgani va tashkilotga a’zo bo‘lishga undalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz hech qachon bu masala yuzasidan muzokaraga kirishmaganmiz.

Shunga qaramay, UEFA do‘stlik ramzi sifatida Argentina milliy jamoasini alohida mehmonlar sifatida o‘zi o‘tkazadigan musobaqalarni kuzatishga taklif etadi», – degan UEFAning bayonotini keltirdi Squawka.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz