Узбек O'zbek
OAV: UEFA Argentinani Yevropa Millatlar ligasiga taklif qildi
Dushanba, 08 Iyul
6747

O‘tgan hafta yakunlangan Kopa Amerikadagi mojarolar ortidan Argentina ushbu musobaqada qatnashmay qo‘yishi mumkin, deb xabar bermoqda FOX Sports.

Manbaga ko‘ra, Argentina futbol federatsiyasi UEFAdan Millatlar ligasida qatnashish taklifini olgan.

Aniqlik kiritilishicha, Yevropa futbolining bosh tashkilotidan taklif argentinaliklar sardori Lionel Messi KONMEBOLni korrupsiyada ayblaganidan keyin kelib tushgan.

«Braziliya hammani boshqarmoqda». Messi KONMEBOL rahbariyatiga e’tiroz bildirdi

Messi uchinchi o‘rin uchun bahsdan keyin taqdirlash marosimiga bormay, buni quyidagicha izohlagan edi:

«Men medalni taqmayman va shohsupaga ham chiqmayman, chunki korrupsiyaning bir qismi bo‘lishni istamayman. Finalda shubhasiz Braziliya g‘alaba qozonadi, hammasi ularning g‘alabasi uchun tashkillashtirilgan».

Messi qizil kartochka olgani va taqdirlash marosimiga bormaganini izohladi

Shundan so‘ng, Leoning ushbu so‘zlariga javoban KONMEBOL alohida bayonot e’lon qilgan, unda, jumladan shunday deyilgandi:

«Futbolda ba’zan g‘alaba, ba’zan esa yutqazish bo‘ladi. Halol o‘yinning asosiy tamoyili esa o‘yin natijasini sadoqat va hurmat bilan qabul qilishdir. Bu, jumladan, inson tomonidan qabul qilinadigan va hech qachon mukammal bo‘lmaydigan hakam qarorlariga ham taalluqlidir.

Ro‘y bergan voqealarni deb, 12ta jamoa tengma-teng sharoitlar bilan kurash olib borgan musobaqani haqqoniy emas deb ayblash va Amerika Kubogining adolatli ekanini shubha ostiga olinishini qabul qilib bo‘lmaydi.

Bu ayblovlar musobaqa va unda qatnashayotgan barcha futbolchilar, qolaversa 2016 yildan buyon Kopa Amerikada shaffoflik va professionallikni oshirish, uni rivojlantirish yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilib kelayotgan KONMEBOLning yuzlab mutaxassislariga nisbatan hurmatsizlikdir».

AS xabariga ko‘ra, KONMEBOL Messining «haqoratli va tuhmatomuz so‘zlari» uchun terma jamoa o‘yinlaridan 2 yilgacha diskvalifikatsiya qilishi mumkin.

Agar futbolchiga maksimal jazo qo‘llansa, u Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati saralashida, shuningdek, 2020 yili Argentina va Kolumbiya mezbonligida o‘tkaziladigan Amerika Kubogida terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tite Messi haqida: «Men o‘zga sayyoralik deb hisoblagan futbolchi hurmat qilishni va mag‘lubiyatni qabul qilishni ham bilishi kerak»

Futbolni qadrlamaydigan qit’a. Nega Messini «sindirishdi»?

 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz