Узбек O'zbek
Samvel Babayan: «Paxtakor»ga qarshi o‘ynash g‘alati, lekin bugun mening jamoam qizil libosdagisi edi...»
Yakshanba, 07 Iyul
2461

Liga Kubogi 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (2:1) har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Uning birinchi qismida qatnashgan Samvel Babayan savollarga javob berdi.

«Avvalo «Paxtakor» hamda «Qo‘qon-1912» jamoalarini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. «Paxtakor»ga musobaqada maksimal natijaga erishishini tilayman. Ha, bugun biz daraja, ruhiyat borasida yutqazdik, lekin yigitlar jangovorlik ko‘rsatishganidan mamnunman. Bizda o‘rinbosarlar jamoasi yaxshi shakllangan, lekin shunga qaramay ular orasida birorta olimpiya terma jamoasida o‘ynaydigan futbolchi yo‘q. Bu paradoks holat.

Asosiy tarkib futbolchilariga dam berishga qaror qildik. Jarohatlar ko‘payib ketgandi, bundan tashqari milliy jamoa futbolchilari 1,5 yildan buyon dam olishmayapti. E’tibor bergan bo‘lsangiz, milliy jamoa massajchisi ham dam oldi. Chunki odam dam olib turishi kerak. Ikknchi davrada biz har bir chiziqni kuchaytirishimiz kerak. Chunki oldimizga katta maqsadlar qo‘yilgan.

Hamma klubning o‘z maqsadi bor. Biz bu musobaqani yoshlarni sinab ko‘radigan deb belgiladik. Bizda asosiy tarkibda o‘ynaydigan 12 ta futbolchi birinchi davrani jarohatsiz yakunladi. Shu bois ularga dam olish imkonini berishim kerak edi.

«Paxtakor»ga qarshi o‘ynash qanday bo‘ldi? Bugun men bor e’tiborimni «Lokomotiv»ga qaratganman, shu bois «Paxtakor» haqidagi bu savolga javob berish qiyin. Albatta, «Paxtakor»ga qarshi o‘ynash g‘alati bo‘ldi, lekin bugun mening jamoam qizil libosdagisi edi.

Mening vaqtimdagi «Paxtakor» bilan bugungi jamoani solishtira olmayman. Har qanday natija berayotgan falsafa foydali. Murabbiylar har xil bo‘ladi. Kimdir to‘liq to‘p nazoratiga asoslangan futbolni yaxshi ko‘radi, kimdir vertikal futbol o‘ynaydi. Tushundingiz-a? Yoki tarjima qilaymi?

Bugun mamlakatning yoshlar jamoasida «Lokomotiv» futbolchilari yo‘q va bu bizni qoniqtirmaydi. Men maslahatchi bo‘lib ishlaganimda minglab futbolchilarni ko‘rdim. Ular orasida 8 yoshlilar ham, 13 yoshlilar ham bor edi. Umid qilaman, bizning ishlar samara beradi»,- deb Babayanning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz