Узбек O'zbek
«Real» himoyachisi «Milan»ga o‘tdi
Shanba, 06 Iyul
3169

«Real» klubining chap qanot himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

21 yoshli futbolchi «Milan» klubi bilan to‘laqonli shartnoma imzoladi, deb xabar beradi A Seriya sayti.

Avvalroq «Milan» Teo uchun 20 million yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Ernandes «Real Sosedad» tarkibida ijarada o‘ynadi va La Ligada 24ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golga hammualliflik qildi.

«Real» uni 2017 yili «Atletiko»dan 26 million yevro evaziga xarid qilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz