Узбек O'zbek
16 yoshli ingliz iqtidori uchun «Barselona» va «PSJ» kurashadi
Shanba, 06 Iyul
3213

«Vest Bromvich» hujumchisi Lui Barri xizmatiga Yevropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda. 16 yoshli futbolchi klubi bilan hamkorlikni uzaytirishni istamayapti.

The Mirror xabariga ko‘ra, Barri uchun «Barselona», «PSJ» va «RB Leypsig» klublari kurashmoqda.

Yosh iqtidor «Vest Bromvich»ning o‘smirlar jamoasi a’zosi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda Barri barcha musobaqalarda 15ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan. 

Agar hujumchi boshqa klubga o‘tsa, «Vest Bromvich» uni tarbiyalagani uchun 262 ming yevro miqdorida kompensatsiya oladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz