Узбек O'zbek
Messi: «Milliy jamoadan ketmoqchi emasman»
Chorshanba, 03 Iyul
2640

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi xalqaro faoliyatini davom ettirmoqchi. Bu haqda u Kopa Amerika yarim finalida Braziliyadan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda gapirib o‘tdi.

«Jamoaga foyda keltira olsam, unda o‘ynashda davom etaman. Bu yigitlar davrasida o‘zimni juda yaxshi his etyapman», – degan Messidan iqtibos keltirdi AFP.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Leo – 2005 yildan buyon Argentina termasi a’zosi. U uch marotaba Kopa Amerika, bir marta Jahon chempionati finalida qatnashgan; har gal mag‘lubiyatga uchragan.

Messi, shuningdek, 2005 yilda yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, 2008 yilda Olimpiada g‘olibi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz