Узбек O'zbek
Fakt: Kopa Amerikada Braziliya Argentina uchun o‘tib bo‘lmas to‘siqqa aylangan
Chorshanba, 03 Iyul
3722

Amerika Kubogi doirasidagi Braziliya-Argentina to‘qnashuvlaridan so‘ng «albiseleste»ning turnirni tark etishi ketma-ket beshincha marotaba kuzatilmoqda. 

Argentinaliklar bu gal ham qit’a birinchiligida Braziliya to‘sig‘idan o‘ta olishmadi. Jamoa yarim finalda mezbonlarga 0:2 hisobida yutqazdi.

Bu ikki terma mazkur turnir doirasida bundan oldin 1995, 1999, 2004 va 2007 yillarda ham to‘qnash kelgan va ularning barchasida Braziliya keyingi bosqichga chiqqan edi.

Qayd etish kerak, Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 26 yildan buyon sovrin qo‘lga kirita olmay kelmoqda.

Braziliya esa 12 yil ichida ilk marta Amerika Kubogi finaliga chiqdi.

Finalning ikkinchi ishtirokchisi Toshkent vaqti bilan ertaga tonggi soat 05:30da boshlanadigan Chili–Peru o‘yinida aniqlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz