Узбек O'zbek
Foto: Mbappe bu yil «PSJ»dan ketmasligini tasdiqladi
Chorshanba, 03 Iyul
4316

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe joriy transfer oynasida klubidan ketmasligini ma’lum qildi.

20 yoshli futbolchi Twitter mikroblogida klubning yangi mavsumdagi libosida tushgan suratini joylab, unga: «Bu – «PSJ» – 2019/20», deb izoh yozib qoldirdi.

Matbuotdagi xabarlarga qaraganda, Kilian Parijni bu yil tark etmoqchi emas, shu bilan birga 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirish niyati ham yo‘q.

Hujumchi may oyida Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinlarini qabul qilib olarkan, taqdirlash marosimida so‘z olib, shunday degandi:

«Hozir hayotimning juda muhim pallasi. Menimcha, faoliyatimdagi birinchi yoki ikkinchi burilish nuqtasiga yaqinlashyapman.

O‘ylaymanki, bu yerda ko‘p narsalarni o‘rgandim va endi, balki, mas’uliyatni yelkamga oladigan payt kelganini his qilyapman. Umid qilamanki, bu «PSJ»da bo‘ladi va bundan faqat xursand bo‘laman. Yoki, ehtimol, bu boshqa joyda, yangi bir yangi loyihada bo‘lar».

Iyul oyi o‘rtalarida esa Mbappe o‘ziga «Real» jiddiy qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan edi:

«Hozir «Real»ga o‘tish haqida gapiradigan payt emas. Mendan doim shuni so‘raysizlar, lekin hozir emas», – degandi u Yevro-2020 saralashi doirasidagi Andorraga qarshi o‘yindan (4:0) so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» Mbappe transferini bir yilga kechiktirgani, uni 2020 yil yozida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgani xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz