Узбек O'zbek
Skaloni: «Shogirdlarim Kopa Amerikada Messi uchun g‘olib chiqishmoqchi»
Seshanba, 02 Iyul
3370

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa yetakchisi Lionel Messiga terma safida sovrin yutish hamon armon bo‘lib qolayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

«Jamoadagilar Messini shunchalik yaxshi ko‘rishadiki, ba’zida musobaqada uning uchun g‘alaba qozonishni istashayotganini aytishadi. Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchiga milliy jamoa sovrini yetishmayapti», – degan Skalonidan iqtibos keltirdi ESPN.

Argentinaliklar Kopa Amerika yarim finalida Braziliyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan ertaga tongda, soat 05:30da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Leo – 2005 yildan buyon Argentina termasi a’zosi. U uch marotaba Kopa Amerika, bir marta Jahon chempionati finalida qatnashgan; har gal mag‘lubiyatga uchragan.

Messi, shuningdek, 2005 yilda yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, 2008 yilda Olimpiada g‘olibi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz