Узбек O'zbek
«PSJ» Pablo Sarabiyani sotib oldi
Seshanba, 02 Iyul
1772

«Sevilya» yarimhimoyachisi Pablo Sarabiya faoliyatini «PSJ»da davom ettiradi.

Parij klubi matbuot xizmatiga ko‘ra, Sarabiya bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. U juma kuni jamoa qarorgohiga kelishi kutilyapti.

«PSJ»ga yaqin manba ekani aytiladigan «Paris United» avvalroq Pablo Fransiya poytaxtida yiliga 4 mln yevro maosh olishi haqida yozgandi.

Diario AS manbasiga ko‘ra esa, Sarabiya transferi 18-20 mln yevroga amalga oshgan. 27 yoshli xavbekning ispan klubi bilan bitimida 18 mln yevro tovon puli ko‘rsatilgan, ammo xaridor klub xaridni tezlashtirish uchun unga 2 mln yevro qo‘shib berishni taklif qilgani aytilmoqda.

Sarabiyaga «Chelsi» va «Roma» klublari ham da’vogarlik qilayotgandi.

Ma’lumot uchun, Pablo Sarabiya «Real» tarbiyalanuvchisi sanaladi, u Madridda tug‘ilgan. 2011 yilda qo‘shni shahardagi «Xetafe» jamoasiga o‘tib, 2016 yilda Sevilyaga ko‘chib o‘tgan.

La Liganing so‘nggi ikki mavsumida faqat ikki futbolchigina ham gol, ham golli paslari sonini 10tadan oshira olgan. Ulardan biri Lionel Messi bo‘lsa, ikkinchisi – Pablo Sarabiyadir.

Xavbek o‘tgan mavsumda andalusiyaliklar tarkibida jami 52ta o‘yin o‘tkazib, 40ta golda (23+17) bevosita qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Sevilya» Erediviziya to‘purari Lyuk de Yongni sotib olgani e’lon qilingandi. «PSJ» esa «MYU»dagi bitimi muddati tugab, erkin agentga aylangan Ander Errera bilan ham shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz