Узбек O'zbek
«Lion» Fekirning narxini ma’lum qildi
Seshanba, 02 Iyul
3688

«Lion» yarimhimoyachisi Nabil Fekirni sotishga tayyor.

L’Equipe jurnalisti Bilol G‘oziyning ma’lum qilishicha, Ron klubi ushbu futbolchisini 30 million yevroga sotishga rozi bo‘ladi.

Ammo «Lion»da jamoa sardori bo‘yicha jiddiy takliflar yo‘q. OAV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu futbolchiga Yevropaning ikki klubi qiziqmoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda «Milan» Fekirga qiziqish bildirayotgani aytilgandi. O‘tgan yil yozida uni «Liverpul» sotib olmoqchi bo‘lgan, ammo so‘nggi daqiqalarda transfer barbod bo‘lgandi. Ayni vaqtda mersisaydliklar klubining unga qiziqishi yana tiklangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz