Узбек O'zbek
«Atletiko» Jelson Martinshni sotib yubordi
Seshanba, 02 Iyul
1615

«Monako» Jelson Martinshning transfer huquqini «Atletiko»dan sotib oldi.

Portugaliyalik vinger o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida monegaskliklar tarkibida o‘tkazgandi.

«Monako» rasmiy saytiga ko‘ra, Martinsh bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.

Ispan va fransuz klublari o‘rtasidagi to‘la transfer bitimi shartlari rasman ochiqlanmadi. Avvalroq matbuotda xarid qiymati 35 mln yevro bo‘lishi kutilayotgani xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jelson «Sporting» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U va yana bir necha futbolchi o‘tgan yili yozda Lissabon jamoasida yuzaga kelgan mojaro ortidan klub bilan shartnomalarini bekor qilgan, Jelson erkin agent sifatida «Atletiko»ga kelgandi. Biroq keyinroq «Sporting» FIFAga arz qilib, madridliklardan 22,5 mln yevro undirgandi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli portugal yanvardan boshlab Fransiya birinchi divizionining 16ta o‘yinida maydonga tushdi va 4ta gol urib, 3ta golga hammuallif bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz