Узбек O'zbek
«Real» va «Barselona» bo‘lmasa, La Liga inqirozga uchraydi-ku?» Gvardiola Superliga g‘oyasiga qarshi
Dushanba, 01 Iyul
6559

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Superligasi g‘oyasiga qarshi ekanini bildirdi.

«Bu g‘oyaga qo‘shilmayman. Agar shunday qilinsa, biz ichki chempionatlarni «o‘ldiramiz». Agar «Real» va «Barselona» chiqib ketsa-yu, «Espanol» bilan o‘ynamasa, chempionatni kim kuzatib boradi? Bu holda Ispaniya ligasi inqirozga uchraydi.

Angliyadagilar esa ancha aqlli, hatto to‘rtinchi divizion o‘yinlarida ham tribunalar to‘la bo‘ladi. Inglizlar mahalliy futbolning tanazzuliga yo‘l qo‘yishmaydi.

Chempionlar ligasining eng maftunkor tomoni shundaki, unda o‘yinlar har yakshanba kuni o‘tkazilmaydi. Agar har hafta o‘yin bo‘lganida edi, musobaqa o‘z jozibasini yo‘qotgan bo‘lardi.

Agar ichki chempionatlarni o‘ldirsak, Yevropa Superligasida qatnashish imkoniga ega bo‘lmagan klublarni kuzatib borish hech kimga qiziq bo‘lmay qoladi», – dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, Yevropa Futbol Klublari Assotsiatsiyasi Chempionlar ligasining yangi formatini 2024/25 mavsumidan boshlab joriy etishni taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola «Ara» nashriga bergan mazkur intervyusida Neymarning «Barselona»ga qaytishi ehtimoliga munosabat bildirib, nima uchun YeCHL emas, APLni birinchi o‘ringa qo‘yishini ham tushuntirdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz