Узбек O'zbek
Rasman: Kostas Manolas 36 mln yevro evaziga Italiyaning boshqa grandi safiga o‘tdi
Dushanba, 01 Iyul
2906

«Roma» himoyachisi Kostas Manolas faoliyatini «Napoli»da davom ettiradi.

Rim klubi rasmiy saytiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining transferi 36 mln yevroga kelishilgan.

Manolas «Napoli»da yiliga 4,5 mln yevro maosh olishi aytilmoqda.

Kostas 5 yil davomida «bo‘rilar» safida o‘ynab keldi. U bunga qadar «Olimpiakos» va «Afina» jamoalarida o‘ynagan. Himoyachi o‘tgan mavsum «Roma»ning 38ta o‘yinida maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist muallifi bo‘lgandi.

Avvalroq mazkur transfer bilan birga «Napoli» yarimhimoyachisi Amadu Diavara «Roma»ga o‘tishi haqida ham xabarlar tarqalgan, 21 yoshli gvineyalik 18 mln yevro evaziga poytaxt klubiga yo‘l olishi aytilgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz