Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» Reshford bilan yangi shartnoma imzoladi
Dushanba, 01 Iyul
1638

«Manchester Yunayted» klubi hujumchi Markus Reshford bilan hamkorlikni uzaytirganini e’lon qildi.

21 yoshli futbolchi bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Uni yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.

Avvalroq, Reshfordning maoshi haftasiga 300 ming funt qilib belgilanishi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Pol Pogba bilan tenglashib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Reshford barcha musobaqalarda 33ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz