Узбек O'zbek
«Bavariya»ning eng qimmatbaho futbolchisi klub ixtiyoriga yetib keldi
Dushanba, 01 Iyul
5107

Bugun, 1 iyuldan e’tiboran himoyachi Lyuka Ernandes va «Bavariya» o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi.

Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi bugun jamoa ixtiyoriga yetib kelgan. U yangi jamoasida 21-raqamda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ernandesning «Atletiko»dan transferi «Bavariya» tarixidagi eng qimmat xarid bo‘lgandi. Lyuka Myunxen klubiga 160 mln yevroga tushmoqda: transfer qiymati 85 millionga teng, olti yil davomida unga to‘lanadigan jami maosh miqdori esa 75 mln yevroni tashkil etadi. Ya’ni Lyukaga «Bavariya»da yiliga taxminan 13 mln yevro ish haqi to‘lanadi. Bu esa uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantiradi.

Ma’lumot uchun, Germaniya chempioni tarkibida eng yuqori maosh to‘lanuvchi futbolchi – Robert Levandovskidir, u yiliga 17 mln yevro oladi. Tomas Myuller, Jerom Boateng va Manuel Noyerning yillik maoshi esa 16 mln yevroga teng.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz