Узбек O'zbek
Reshford «MYU»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri bo‘ladi
Yakshanba, 30 Iyun
2364

«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reshfordni eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi.

Ingliz matbuotidagi xabarlarga qaraganda, tomonlar 5 yillik yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Unga asosan 21 yoshli inglizga haftalik 200 ming funt maosh belgilanadi. Uning hozirgi haftalik maoshi esa 80 ming funtga teng.

Qayd etish kerak, «qizil iblislar»dan eng ko‘p maoshni hujumchi Aleksis Sanches oladi – unga haftasiga 391 ming funt to‘lanadi.

Avvalroq Reshfordga «Barselona», «Real» va «Manchester Siti» befarq emasligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Markus o‘tgan mavsumda «MYU»ning 47ta o‘yinida maydonga tushib, 13ta gol va 9ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi bitimi muddati tugashiga bir yil qolgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz