Узбек O'zbek
Jorj Veaning o‘g‘li «PSJ»dan ketdi
Yakshanba, 30 Iyun
1869

1995 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jorj Veaning o‘g‘li – AQSH milliy jamoasi va «PSJ» hujumchisi Timoti Vea «Lill» bilan shartnoma imzoladi.

Fransiya vitse-chempioni rasmiy saytiga ko‘ra, kelishuv 5 yil muddatga tuzilgan.

OAV transfer 7-10 mln yevroga amalga oshganini yozmoqda.

19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Seltik» klubida ijara asosida o‘tkazdi, Shotlandiya chempionatining 11ta o‘yinida maydonga tushib, 3ta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Timoti Vea ayni paytda AQSH milliy jamoasi bilan KONKAKAF Oltin kubogida qatnashmoqda. U milliy jamoa safida hozirgacha 8ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan bo‘lib, bitta gol ham urgan.

Eslatib o‘tamiz, Timotining otasi Jorj Vea Liberiya prezidenti sanaladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz