Узбек O'zbek
«Barselona»da argentinalik hujumchi paydo bo‘lishi mumkin
Yakshanba, 30 Iyun
5950

«Inter»ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines «Barselona» qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.

La Red radiosi ma’lumotiga ko‘ra, «Barsa» vakillari ayni masala yuzasidan «neradzurri» bilan aloqaga chiqib ulgurgan. Martinesning Kopa Amerikadagi o‘yinlari kataloniyaliklar e’tiborini tortgani taxmin qilinmoqda.

Amerika kubogida 21 yoshli Lautaro ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U Messi yetakchiligidagi jamoaning oxirgi uchta o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Manbada aytilishicha, transfer qiymati 100 mln yevrodan ortiqroqni tashkil qilishi mumkin.

10-raqam egasi o‘tgan mavsum «Inter»ning 35ta o‘yinida 9ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan. U o‘tgan yili Milanga kelguniga qadar «Rasing» a’zosi edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz