Узбек O'zbek
O‘zbekistonlik talabalar Italiyada bo‘lib o‘tadigan Butunjahon yozgi universiada o‘yinlarida ishtirok etadi
Shanba, 29 Iyun
626

O‘zbekiston delegatsiyasi 3-14-iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida bo‘lib o‘tadigan talaba yoshlar o‘rtasidagi XXX Butunjahon yozgi universiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yozgi universiada dasturidan jami 18 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘rin olgan bo‘lib, 42 nafar o‘zbekistonlik talabalar yengil atletika, dzyudo, taekvondo, badiiy gimnastika, tennis, sport gimnastikasi, o‘q otish hamda kamondan otish bo‘yicha medallar uchun bahs olib borishadi.

Kichik Olimpiada deya ta’riflanadigan Butunjahon talabalar sport o‘yinlari yoki Universiada 50 yildirki, ahamiyati jihatidan jahon sport arenasida ikkinchi xalqaro kompleks tadbir hisoblanadi.

Universiada – Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi shafeligida talabalar o‘rtasida, Olimpiya siklidan farqli ravishda har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Bahslarda 18 yoshdan 26 yoshgacha (25 yoshdan oshmagan) bo‘lgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Bu galgi Universiadada 120 ga yaqin davlatdan 9000 nafarga yaqin talaba sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz