Узбек O'zbek
Venger Fransiyadan taklif oldi
Shanba, 29 Iyun
2619

«Arsenal» klubining sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Nitssa» bosh murabbiyi qilib tayinlanishi mumkin.

France Football xabariga ko‘ra, klub rahbariyati 69 yoshli mutaxassis bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Venger 22 yil davomida «Arsenal»ni boshqargan va uch marta APL g‘olibi bo‘lgan. Ayni paytda «Nitssa» klubini «Arsenal»ning sobiq futbolchisi Patrik Viyeyra boshqarib turibdi. U 1996-2005 yillarda Venger qo‘l ostida o‘ynagan edi.

Avvalroq, «Nyukasl» klubi Vengerga bosh murabbiylikni taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida «Nitssa» 7-o‘rinni egalladi va yevrokuboklarga chiqolmadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz