Узбек O'zbek
Samvel Babayan: «Lokomotiv»ni yanada kuchaytiramiz»
Shanba, 29 Iyun
1506

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Samvel Babayan Superliga 13-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona»ga (2:0) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Debyut o‘yin har doim qiyin kechgan. Biz atigi bir hafta tayyorgarlik ko‘rdik. G‘alaba uchun yigitlarga rahmat aytaman, muxlislarni tabriklayman.

«Lokomotiv»da o‘zgarish bo‘ladimi? Tarkibda tajribali futbolchilar yig‘ilgan bo‘lsa-da, raqobat uchun yangi futbolchilarni olishimiz shart. «Lokomotiv»ni kuchaytiramiz. Taktikada ham o‘zgarish qilamiz. Bugungi o‘yinda ham yangi taktika uslubini sinab ko‘rdik.     

O‘yin rejasi qanday edi? Biz birinchi bo‘limda to‘pni nazorat qildik, issiq havoda bu juda qo‘l keldi. Rejamiz shunday edi. Ammo tezkor gol urolmadik. 88-daqiqada hisobni ochganimizdan so‘ng, raqib himoyani tashlab qo‘ydi. Shundan so‘ng bir necha vaziyatlarga ega bo‘ldik», - deb Babayan so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz