Узбек O'zbek
OAV: «Real» himoyachisi «Milan»ga o‘tadigan bo‘ldi
Juma, 28 Iyun
4690

«Real» himoyachisi Teo Ernandes katta ehtimol bilan faoliyatini «Milan»da davom ettiradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport darak berdi.

Xabar qilinishicha, klublar 21 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, italyan klubi Ernandesni keyinchalik 20 mln yevroga to‘la sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Teo va «rossoneri» o‘rtasidagi bitim 4 yil muddatga imzolanishi va shu asosda unga yillik 1,8 mln yevro maosh tayinlanishishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, «Real» Ernandesni ikki yil oldin «Atletiko»dan 24 mln yevroga sotib olgandi. U o‘tgan mavsumni «Real Sosedad»da ijarada o‘tkazdi va La Liganing 24ta turida maydonga tushib, 1ta gol va 2ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz