Узбек O'zbek
«Lion» prezidenti Ndombelening narxini e’lon qildi
Juma, 28 Iyun
2363

«Lion» prezidenti Jan-Mishel Olas shu yozda jamoadan ketishi kutilayotgan yarimhimoyachi Tanguy Ndombele bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi.

«Agar yana 8 kun kutsam, narx 80 mln yevroga ko‘tariladi. «Tottenhem» bizga 45 mln yevrolik dastlabki taklifni yubordi. Lekin sizni ishontirib aytamanki, hali hech narsa hal bo‘lmagan. Biz shoshilmoqchi emasmiz.

Tanguy Fransiya milliy jamoasida o‘z mahoratini ko‘rsatdi. U bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan. U qancha turadi? Bilmayman, lekin 45 mln yevro emasligi aniq», – degan Olasning so‘zlarini keltirdi RMC Sport.

Ma’lumot uchun, Ndombele bir yil oldin «Amen»dan «Lion»ga kelgan, transfer narxi 8 mln yevroni tashkil etgandi.

Xavbek o‘tgan mavsum Fransiya chempionatining 34ta o‘yinida maydonga tushib, 1ta gol va 8ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Bir yarim yil yangi futbolchi olmagan «Tottenhem» rekord qiymatdagi transferni kelishib qo‘ydi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz