Узбек O'zbek
Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida finalchilar aniqlandi
Juma, 28 Iyun
4387

Italiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati (U-21) yakunlanish arafasida.

Kecha bo‘lib o‘tgan yarim final bahslaridan so‘ng hal qiluvchi o‘yinda Ispaniya va Germaniya milliy jamoalari to‘qnash kelishi ma’lum bo‘ldi.

Ispanlar musobaqaning ochilish o‘yinida mezbon Italiya yoshlariga yutqazishgan, shunga qaramay keyingi turlarda Belgiya va Polsha termalarini mag‘lub etib, guruh g‘olibi bo‘lgandi. Yarim finalda jamoa Fransiya bilan to‘qnash kelib, dastlab gol o‘tkazib yuborganiga qaramay yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Nemislar esa guruh bosqichida Daniya va Serbiyadan ustun kelib, Avstriya bilan durang o‘ynadi va guruh g‘olibi sifatida yarim finalga chiqib, Ruminiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ispaniya – Germaniya o‘yini 30 iyun kuni Udine shahrida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida 7ta gol urgan germaniyalik Luka Valdshmidt yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Italiya mezbonligidagi turnirda 12ta jamoa 3ta guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordi. Guruh g‘oliblari to‘g‘ridan to‘g‘ri yarim finalga yo‘l olgani holda uchta ikkinchi o‘rin egasidan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bitta jamoa pley-offga chiqdi.

Yevro-2019 U-21
Yarim final
Germaniya U-21 – Ruminiya U-21 4:2 (1:2, 3:0)
Gollar: 1:0 – 21 Amiri, 1:1 – 26, penalti Pushkash, 1:2 – 44 Pushkash, 2:2 – 51, penalti Valdshmidt, 3:2 – 90 Valdshmidt, 4:2 – 90 Amiri.
Chetlatish: Pashkanu (90, Ruminiya).

Ispaniya U-21 – Fransiya U-21 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 16, penalti Mateta, 1:1 – 28 Mark Roka, 2:1 – 45, penalti Oyarsabal, 3:1 – 47 Olmo, 4:1 – 66 Mayoral.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz