Узбек O'zbek
«PSJ» keyingi hafta ispaniyalik ikki yarimhimoyachini o‘z safiga qo‘shib oladi
Payshanba, 27 Iyun
5476

Ispaniyalik yarimhimoyachilar Ander Errera va Pablo Sarabiya keyingi hafta boshida rasman «PSJ» a’zosiga aylanadi, deb ma’lumot berdi L’Equipe.

«Manchester Yunayted» xavbeki erkin agent sifatida Parij klubi bilan shartnoma imzolaydi. «Sevilya» a’zosi uchun esa «PSJ» 18 mln yevro to‘lashi kerak – xavbekning shartnomasida shuncha miqdorda tovon puli belgilangan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Ander o‘tgan mavsum APLning 22ta o‘yinida maydonga tushib, 2+3 samaradorlik natijasini qayd etdi.

27 yashar Pablo esa Primerada 33ta turda qatnashdi va 12+13 mahsuldorlik ko‘rsatkichiga erishdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz