Узбек O'zbek
«Napoli» va «Roma» futbolchi almashadigan bo‘ldi
Payshanba, 27 Iyun
2562

«Roma» himoyachisi Kostas Manolas «Napoli»ga o‘tishi kutilmoqda.

Calciomercato xabariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar kelishuv bilan yakunlanishi arafasida.

Qayd etilishicha, Neapol klubi Manolas uchun 34 mln yevro to‘laydi va unga yiliga 4,5 mln yevro maosh beradi.

Shuningdek, «Napoli» yarimhimoyachisi Amadu Diavaraning «Roma»ga transferi ham kelishilgan. 21 yoshli gvineyalik xavbek 18 mln yevro evaziga Rimga yo‘l oladi.

Kelishuvlar haqida tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz