Узбек O'zbek
Futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga qur’a tashlandi
Payshanba, 27 Iyun
2095

7-18 avgust kunlari Tailandda futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Unda qit’amizning eng kuchli 16ta klubi ishtirok etadi. Bangkok shahri mezbonlik qiluvchi musobaqaga 27 iyun kuni qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Uning natijalariga ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi Olmaliqning OKMK klubi B guruhidan o‘rin oldi. «Konchilar»ga “Tay Son Nam” (Vetnam),  “Naftul Vasat” (Iroq) va “Ar-Rayyan” (Qatar) klublari raqib bo‘ladi.

Guruhda dastlabki 2ta o‘rinni egallagan jamoalar chorakfinalga yo‘l olishadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz