Узбек O'zbek
Ikrom Aliboyev: «Server Jeparov kabi Janubiy Koreya chempioni bo‘lmoqchiman»
Chorshanba, 26 Iyun
1476

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyev 2019 yil avvalida «Lokomotiv»dan Janubiy Koreyaning «Seul» klubiga o‘tdi.

Mahoratli futbolchi yangi klubi tarkibida shu paytgacha 15ta bahsda maydonga tushib, 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan va 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.

25 yoshli futbolchi Janubiy Koreyadagi faoliyati haqida O‘FA matbuot xizmatiga gapirib berdi.

«Seul»dagi ishlarim a’lo darajada ketmoqda. Jamoa murabbiyi menga doim ishonch bildirmoqda. Qolaversa, jamoamiz yuqori o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.

O‘zbek va Koreya futbolini solishtirsam, bu yerda futbol ancha tezroq. Shu boisdan ilk o‘yinlarda tempga kirishib ketish oson bo‘lmadi. Lekin jamoadoshlarim hamda muxlislar hamisha qo‘llab-quvvatlab turishdi va ayni paytga kelib Koreya K-ligasiga ancha moslashdim.

«Seul» o‘z oldiga faqat oliy maqsadlarni qo‘yadi. Shu bois, men ham xuddi Server Jeparov singari ushbu jamoa bilan Janubiy Koreya chempioni bo‘lish istagidaman», - deb futbolchi so‘zlarini keltirmoqda O‘FA sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz