Узбек O'zbek
Fekir Italiyaga yo‘l olishi mumkin
Chorshanba, 26 Iyun
2521

«Milan» «Lion» yarimhimoyachisi Nabil Fekirga qiziqish bildirmoqda.

France Football nashri ma’lumotiga ko‘ra, italyanlar klubi 25 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha so‘rov jo‘natgan. «Lion» shartnomasi muddati bir yildan keyin yakunlanadigan futbolchisini sotishga tayyor.

Yakunlangan mavsumda Fekir Fransiya chempionatida 29 o‘yinda maydonga tushgan va 9 gol urib, 7 golga uzatma bergan. Chempionlar ligasida esa ushbu forvard 6 o‘yinda ishtirok etib, 3 gol urgan va 2 golga hammualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning yozida Nabil Fekir «Liverpul»ga o‘tishga yaqin kelgan, ammo so‘nggi pallalarda bu transfer barbod bo‘lgandi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar klubi yana ushbu fransiyalik futbolchiga e’tibor qaratgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz